Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda nashafurushlar qo‘lga olindi

Samarqandda nashafurushlar qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishidaga tezkor tadbirda 2 nafar shaxsning jinoyatiga chek qo‘yildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirda, Paxtachi tumanida yashovchi, 38 yoshli N.A. mahalliy fuqaroga 600 gr «marixuana» giyohvandlik vositasini 50 mln so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, N.A. ning jinoiy sherigi –35 yoshli O.X. ning uyida 1 kg 800 gr «marixuana» giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotgani aniqlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

O‘tkazilgan tadbir davomida, jami 2 kg 400 gr «marixuana» giyohvandlik vositasi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan, JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, daslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring