Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand yetishtirgan paxtasining qanchasini qayta ishlay oladi?

Samarqand yetishtirgan paxtasining qanchasini qayta ishlay oladi?

Hozir Samarqand viloyatida 774 ta to‘qimachilik va tikuv-to‘qimachilik korxonasi faoliyat yuritmoqda.

2019-2020 yillar davomida ushbu korxonalarda joriy yilda yetishtirilgan 177,7 ming tonna paxta xomashyosi to‘liq qayta ishlanib, 58,6 ming tonna paxta tolasi olish rejalashtirilgan.

Viloyatdagi 7 ta tolani qayta ishlash korxonasi tomonidan 32,5 ming tonna (tolaning 55,5 foizi) ip-kalava ishlab chiqarish belgilangan. Ip-kalavaning 21,3 ming tonnasi (65,5 foiz) 8 ta korxona tomonidan qayta ishlanib, trikotaj mato va ip gazlama tayyorlanadi, 2 ta korxonada 14,1 ming tonna trikotaj mato va gazlama (66,2 foiz) bo‘yalib, 30 235 ming dona (24,6 foiz) tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Viloyatda umumiy qiymati 805,9 milliard so‘mlik 36 ta tekstil va to‘qimachilik loyihalari ishga tushirilib, 1 354,5 milliard so‘mlik qo‘shimcha quvvat yaratildi va 2 418 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Samarqand viloyati iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring