Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Salohning uyini o‘g‘rilar ship-shiydon qilib ketishdi

Salohning uyini o‘g‘rilar ship-shiydon qilib ketishdi

«Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning Qohiradagi uyi o‘g‘rilar tomonidan ship-shiydon qilindi. Bu haqda Goal.com portali mahalliy OAVga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, voqea haqida futbolchining jiyani xabar bergan. U futbolchining uyi yonidan o‘tib ketayotganda derazalar ochiq ekanligini ko‘rgan. Uyda tartibsizlik bo‘lgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta elektr jihozlari o‘g‘irlangan. Boshqa narsa o‘g‘irlanganmi yoki yo‘qmi, aniqlanmagan.

Ayni damda politsiya tergov olib bormoqda, huquq-tartibot idoralari xodimlari guvohlar bilan suhbatlashmoqda va videokuzatuv kameralarini tekshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Saloh avvalroq Angliya premer-ligasining Manchester Yunaytedga qarshi o‘yinida ikkita gol urib, «Liverpul»ning turnirdagi eng yaxshi to‘purariga aylangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring