Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston konsulxonasi ochildi

Rossiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston konsulxonasi ochildi

Foto:«Rostov-gorod.ru»

Prezident qarori bilan Rostov-Don shahrida (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolari hamda yuridik shaxslariga sifatli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi, shuningdek, mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda mehnat migrantlari bo‘lib turgan davlatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligiga mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonani konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va mehnat migrantlari masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi topshirildi.

Avvalroq, Yekaterinburg shahrida konsullik idorasi ochilgani haqida xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring