Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada qamoqda o‘tirgan o‘zbeklarni urushga yuborishmoqda — huquq faoli

Rossiyada qamoqda o‘tirgan o‘zbeklarni urushga yuborishmoqda — huquq faoli

Rossiya qamoqxonalarida turli ayblovlar bilan hibsga olingan va ozodlikni orziqib kutayotgan o‘zbeklar kammi? Ularning yaqinlari, ayniqsa shu kunlarda yuraklarini hovuchlab yashamoqda. Chunki «Vagner» xususiy harbiy shirkati mahbuslarni turli va’dalar bilan avrab, urushga borishga ko‘ndirishi haqida eshitishgan.

Endi esa bu borada aniq-tiniq ma’lumotlar e’lon qilina boshladi.

Rossiyadagi huquq faoli Olga Romanova telegramm kanalida ma’lum qilishicha, Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan markaziy osiyolik, shuningdek, Ozarbayjon va beloruslik mahbuslar urushga jalb qilinayotgani haqida ommaviy murojaatlar tushayapti.

«O‘tgan haftada Yaroslavldagi zonalarda o‘tirgan o‘zbekistonlik to‘rt fuqaroni olib qololdik. Ular chet ellik axir! Bugun oqshom esa Boshqirdistondagi qamoqda o‘tirgan o‘zbeklarning qarindoshlari bizga murojaat qilishdi. Ularni olib ketishibdi», deb yozadi Romanova.

Muallifga ko‘ra, chet el fuqarolarning urushda halok bo‘lgani haqidagi ma’lumot ortidan ham murojaat bo‘lgan: «Urushda o‘lgan belaruslik mahkumning singlisi akasini vatanida dafn qilish uchun uning jasadini «Vagner» XHShdan ololmayapti. Bu yerda hech qanaqa pul, hech qanaqa tovon haqida gap ham ketmayapti».   

Olga Romanova jamg‘armaga O‘zbekiston elchixonasi aloqaga chiqqani ortidan hamkorlikda ish boshlashganini  ta’kidlaydi.

«Siz-chi, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston elchixonalari, fuqarolaringizni nega ukrainlarni o‘ldirishga yuborayotgani bilan qiziqmaysizmi?» deya u boshqa davlatlar elchixonalariga murojaat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijdagi yurtdoshlarimizni chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring