Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada 15 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zbekistonlik migrantni o‘ldirdi (video)

Rossiyada 15 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zbekistonlik migrantni o‘ldirdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi Leningrad viloyati tergov organlarining rasmiy ma’lumoti asosida 2019-yil 28-iyun kuni Vsevolojsk tumani Leskolovo qishlog‘ida janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.R. o‘ldirilganini tasdiqladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan 29-iyun kuni mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi — peterburglik 15 yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olingan.

Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda tergov organlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan hamda Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-965-029-41-49.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring