Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha bosh himoyachisi ro‘mol haqidagi savolga javob bermadi

O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha bosh himoyachisi ro‘mol haqidagi savolga javob bermadi

Akmal Saidov

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz rahbari Akmal Saidov maktablarda ro‘mol kiyib yurish haqidagi savolga javob berishni istamagan.

Bugun, 6-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Akmal Saidovga savollarni yog‘dirib tashlagan.

Akmal Saidovning aytishicha, dunyoda ham diniy libos degan tushuncha yo‘q. Shuning uchun O‘zbekistonda tahrir qilinayotgan yangi qonunda bunga aniqlik kiritiladi.

Aynan ro‘mol kiyib yurish haqidagi savol-javobni quyida o‘qib, videoda ko‘rishingiz ham mumkin.

Jurnalist: Agar diniy libos degan tushuncha yo‘q bo‘lsa, nima uchun maktablarga ro‘mol bilan kiritilmaydi?

Akmal Saidov: Maktabda o‘z ichki tartib-qoidalari bor, ana o‘sha tartibda borish kerak. Maktab dunyoviy, diniy maktab emas.

J.: Hozir aytdingiz-ku, diniy libos yo‘q deb.

A.S.: Men aytyapman, hech qayerda bunaqa tushuncha yo‘q. Lekin maktabda mana shunday kiyinmasin degan ichki qoidalari bor.

J.: Qanday kiyinmasin? Diniy libos yo‘q deyapsiz-ku!

A.S.: Men bu savolingizga javob bermayman, shunday yozavering.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring