Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real Madrid» moliyaviy firibgarlikda gumon qilinyapti

«Real Madrid» moliyaviy firibgarlikda gumon qilinyapti

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempioni — «Real Madrid» faoliyati mamlakat soliq organlarini qiziqtirib qo‘ydi. Gap shundaki, jamoa rahbarlari firibgarlikda, xususan, offshor zonalardagi kompaniyalar bilan til biriktirib soliqlarni yashirganlikda gumon qilinyapti.

«Real» rahbarlari 5 yil avval jamoa tijoriy huquqlarini sotish bo‘yicha «Providence» fondi bilan kelishuv imzolagandi. Shartnomaga muvofiq, fond yaqin 10 yil mobaynida «qirollik klubi»ga 500 mln. yevro o‘tkazib berishi kerak edi. Ushbu kelishuvda vositachilik qilganlar offshorlarda, jumladan, Kayman orollarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ispaniya soliqchilariga ko‘ra, poytaxt klubi shu yo‘l bilan soliqlarni yashirishga uringan bo‘lishi mumkin.

Ispaniya soliq idoralarini Yevropadagi eng sinchkov huquq organlaridan biri deyishadi. Taniqli yulduzlar, futbolchilarning har bir moliyaviy amaliyoti maxsus kuzatib boriladi. La Liga yulduzlari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ham soliq idoralarining yaxshigina taftishidan o‘tgandi, bundan xabaringiz bor, albatta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring