Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ravshan Ermatov O‘FAni Umid Ahmadjonov boshqargan vaqtda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini tan oldi

Ravshan Ermatov O‘FAni Umid Ahmadjonov boshqargan vaqtda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini tan oldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov matbuot vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida hakamlik, OFK va FIFA bilan aloqalar haqida fikr bildirdi. Shu bilan birga Ermatov o‘zbek futbolini Umid Ahmadjonov boshqargan vaqtda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytib o‘tdi.

«Hakamlik islohotga muhtoj bo‘lib qolgan, buni tan olish lozim. Hakamlikni havaskorlikdan boshlab bo‘lmaydi. Biz bu sohani professional darajaga olib chiqmoqdamiz, ammo havaskorlar buzib qo‘ymoqda.

Havaskor hakam kim? U zavodda yoki boshqa joyda ishlashi mumkin. Professional hakam esa o‘z kasbini mukammal egallash uchun mahoratini oshirib boradi, maydonda shug‘ullanadi.

Bu borada natijani yaxshilash uchun hakamlarni OFK va FIFA talabiga javob beradigan tizim yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Hozir ham shunday harakat bor, ammo bu tizimli emas.

Menga oldingi rahbarlardan qanday meros qoldi? Avvalo ularning barchasiga rahmat aytmoqchiman. Mirabror Usmonov futbol rahbariyatiga kelgani hamono tan olib aytgan ediki, men futbolga tushunmayman, ammo barcha sharoitni yaratib beraman, degandi. Mirabror Zufarovich o‘z so‘zining ustidan chiqqandi.

Undan keyin futbolni boshqargan rahbariyat (Umid Ahmadjonov - tahririyat izohi) davrida ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Masalan, translyasiya masalasida ko‘p ishlar amalga oshirildi», — deydi Ravshan Ermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring