Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 so‘mdan pul mukofoti beriladi

Rasman: Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 so‘mdan pul mukofoti beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring