Qozog‘istonning yangi hukumatida ichki ishlar vaziri tayinlandi
Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berilishicha, politsiya general-mayori Turgumbayev Yerlan Zamanbekovich ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.
Politsiya general-mayori Turgumbayev Yerlan Zamanbekovich 1962-yil 14-avgust kuni Olmaota shahrida tug‘ilgan.
Yuridik fanlari nomzodi, ichki ishlar organlarida xizmatni 1984 yildan boshlagan.
U 2012-yilning dekabrdan to 2019-yil fevralga qadar – Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
I va II darajali «Daңq» ordenlari to‘liq kavaleri, II darajali «Aybin» ordeni, I darajali «Kaysar» belgisi, yubiley va tashkilot medallari bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter