Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonliklar Tokayevni kelgusida prezidentlikka eng yaxshi nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda

Qozog‘istonliklar Tokayevni kelgusida prezidentlikka eng yaxshi nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda

Foto : Akorda

«Demoscope» qozog‘istonliklar o‘rtasida o‘ziga xos so‘rovnoma o‘tkazdi. Undan poytaxtning qayta nomlanishi, Nursulton Nazarboyevning hokimiyatdan ketishi va boshqa masalalar o‘rin olgan.

1800 nafardan ziyod qozog‘istonlik qatnashgan so‘rovnomada ishtirokchilarning 40 foizi hozirda yurtni boshqarayotgan Qosim-Jomart Tokayevni kelgusi saylovlarda prezidentlik uchun eng yaxshi nomzodlar qatoriga qo‘ygan. 45 foiz qatnashchi mazkur masalada betaraf qolgan bo‘lsa, qolgan 5 foiz Tokayev masalasida salbiy fikr bildirgan.

Shuningdek, Ostona shahrini Nursultonga o‘zgarishidan 42 foiz qatnashchi mamnun, 34 foizi esa buni «mamlakat budjetini behuda sarflash» deya hisoblaydi, 24 foiz kishi esa betaraf qolgan.

44 foiz so‘rovnoma qatnashchisi Nursulton Nazarboyevning ketishini ijobiy qabul qilgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring