Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘yilayotgan baholar va o‘quvchilarning o‘zaro solishtirilishi — ta’limning dushmani (tadqiqot)

Qo‘yilayotgan baholar va o‘quvchilarning o‘zaro solishtirilishi — ta’limning dushmani (tadqiqot)

Foto: «Phsa.ca»

«Harris Insights & Analytics»  kompaniyasi va «LEGO Education» hamkorlikda bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma mavzusi: «Ta’lim jarayonidagi ishonch».

Tadqiqot AQSh, Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Rossiyadagi besh yoshdan 18 yoshgacha 5002 nafar maktab o‘quvchisi, 2001 nafar ota-ona va 1152 nafar o‘qituvchini qamrab oldi.

Mazkur o‘rganish darslarni o‘zlashtirish jarayonida stressga eng ko‘p rus o‘quvchilari tushishini ko‘rsatdi. Rus respondetlarining xavotirlanish ko‘rsatichi — 79 foiz.

Keyingi o‘rinlarda: Xitoy — 64 foiz va Germaniya — 61 foiz.

Tadqiqot xavotir va o‘ziga ishonchsizlik bolalarning ta’lim olishida xalaqit berishini ko‘rsatdi, masalan, rus o‘qituvchilarining 68 foizi buni tasdiqladi.

Bunga nima sabab bo‘lyapti degan savolga bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilarning javobi mushtarak chiqdi: qo‘yilayotgan baholar va o‘quvchilarning o‘zaro solishtirilishi.

Test va imtihonlar maktab o‘quvchilarini eng hayajonga soluvchi jarayonlar bo‘lib, bu faktni Xitoydagi o‘quvchilarning 73 foizi, Germaniyada — 66 foizi, AQShda — 64 foizi, Yaponiyada — 58 foizi, Rossiyada — 57 foizi tasdiqlagan.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, amerikalik bolalarning 86 foizi omadsizlikni ta’lim jarayonining bir qismi deb hisoblaydi. Bu fikrga yaponiyalik bolalarning 83 foizi, germaniyalik bolalarning 82 foizi, rus bolalarining 80 foizi qo‘shilgan.

Aksariyat o‘qituvchilar (91 foiz) maktab yillaridagi omadsizliklar o‘quvchilarni toblashi va ularning kelajagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonishlarini bildirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring