Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda bemorlarga yordam ko‘rsatgan hamshira koronavirus yuqtirdi

Qoraqalpog‘istonda bemorlarga yordam ko‘rsatgan hamshira koronavirus yuqtirdi

7-aprel holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar soni 11 nafarni tashkil qilmoqda. 

Qoraqalpog‘iston SSV ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab koronavirus aniqlangan Nukus shahrida yashaydigan bir erkak kishi va uning onasi bilan muloqatda bo‘lgan kishilar karantinga olinib, ulardan ham tahlillar olingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, afsuski, yana quyidagilarda koronavirus kasalligi aniqlangan:

• erkak kishining ayoli va ularning ikki qizida;

• erkak kishi bilan onasiga tibbiy yordam ko‘rsatgan hamshira va uning qizida;

• erkak kishi bilan birga ishlaydigan erkak kishida;

• Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat safari bilan Toshkent shahridan kelgan 3 nafar erkak kishida.

Hozirda kasallanganlar Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘yicha ayni damda koronavirus yuqtirganlar soni 504 nafarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring