Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

15 mart kuni Farg‘ona viloyati IIB va DXX Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston ko‘chasida harakatlanib kelayotgan M.Sh. boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli avtomashina tekshirilganida, haydovchi M.Sh. yo‘lovchi R.U. bilan til biriktirib, 5.586 dona «REGAPEN» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib ketishayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqoridagi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 3-qismi(ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring