Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Qiziriq tumanida davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi (foto)

Bugun Qiziriq tumanida davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi (foto)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Bugun, 25-mart kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining OAV va Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xabar berdi.

Ko‘rkam va zamonaviy bu binoda tuman notariusi, FHDYo bo‘limi va xalq qabulxonasi ham joylashgan. Qolaversa, bolalar xonasi, investorlar uchun maxsus jihozlangan xona, tibbiyot xonasi hamda bank kassalari o‘rin olgan.

Mahalliy budjet hisobidan qurilgan va jihozlangan binoning foydalanish maydoni 1 041 kvadrat metrga teng.

Barcha keluvchilarni «reception»da turgan xodimlar xushmuomalalik kutib olishadi va savollariga javob berishadi.

Davlat xizmatlari elektron navbat orqali taqdim etiladi.

Butun bino bo‘ylab yuqori tezlikdagi Wi-Fi zonasi tashkil etilgan.

Qiziriq tuman Davlat xizmatlari markazi yangi binoga ko‘chgunga qadar bir kunda 70-80 odamga davlat xizmati ko‘rsatgan bo‘lsa, yangi bino ochilish kunining o‘zida ikki soat ichida 65 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring