Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishloqda 10 yil deganda birinchi o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi

Qishloqda 10 yil deganda birinchi o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi

Foto: «Daily Mail»

Polshadagi qishloqda 10 yil deganda birinchi o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Polshada qiz bolalarga qaraganda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘iladi. Masalan, 2017-yili 207 ming nafar o‘g‘il bola, 196 ming nafar qiz bola dunyoga kelgan.

Biroq Meysse Odjanske qishlog‘ida buning tamomila aksi. Erkaklar yetishmaganidan og‘ir ishlar ham ayollarga qolib ketgan: politsiyada ishlashadi, traktor haydab, o‘t o‘chirishda xizmat qilishadi.

G‘ayrioddiy bu holatga qiziqib shifokorlar ham kelib ketishdi. Uzoq o‘rganishdan keyin ayollarga kalsiyga boy parhez tutishni maslahat berishdi. Biroq bir naf chiqmadi.

Hatto qishloq oqsoqoli Raymund Frishko kimda-kim birinchi bo‘lib o‘g‘illi bo‘lsa atab qo‘ygan sovg‘am bor deb 2019-yilda va’dayam berib qo‘ydi.

Va nihoyat 10 yillik tanaffus ortda qolib, 2-may kuni Gjegoj va Anna Mileklar xonadonida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.

«Hammamiz koronavirusga qarshi kurashayotgan chog‘da bu haqiqiy xushxabar. Har bir chaqaloq biz uchun qadrli, ammo bunisi qalbimizda kelajakka umid chirog‘ini yoqdi», — dedi Raymund Frishko.

Oqsoqol, albatta, va’dasini unutgani yo‘q, sovg‘a bo‘ladi. Faqat keyin, koronavirus o‘tib ketganidan so‘ng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring