Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston birinchi prezidentining o‘g‘li Aydar Akayev vafot etdi

Qirg‘iziston birinchi prezidentining o‘g‘li Aydar Akayev vafot etdi

Foto: RIA «Novosti»

5 fevral kuni Qirg‘iziston birinchi prezidenti Asqar Akevning katta o‘g‘li 44 yoshli Aydar Akayev Moskvada vafot etdi. Bu haqda  Asqar Akayevlar oilasiga yaqin manba xabar berdi, deya yozmoqda Tnews.uz.

Manbalarning aytishicha, Aydar Akayev yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Aydar Akayev  1998 yilda ma’lum muddat Qozog‘istonning o‘sha vaqtdagi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kichik qizi Aliya Nazarboyeva bilan nikohda bo‘lgan. 

5 fevral kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyati Kemin tumanida Asqar Akayevning jiyani Kuban Akayevning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Xabarlarga qaraganda, Kuban Akayev ham Moskvada vafot etgan.

2005 yil 24 mart mart kuni Qirg‘izistonda xalq to‘lqini yuz berdi, buning oqibatida 15 yil prezident bo‘lgan Asqar Akayev mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Akayev oilasi bilan Rossiyaga qochib ketdi va bu mamlakatda siyosiy qochqin maqomini oldi, shundan beri hibsga olinishidan xavfsirab vatanga qaytmayapti. Akayev mamlakatni tark etganidan keyin uning oilasiga nisbatan jinoiy ishlar ochildi.

Aydar Akayev 1976 yil 20 fevralda tug‘ilgan. U Qirg‘izistonda moliya vazirining maslahatchisi, Qirg‘iziston Milliy olimpiya qo‘mitasi va boks Federatsiyasi prezidenti bo‘lib ishlagan, Qirg‘iziston parlamenti deputati etib saylangan. 2005 yilgi xalq isyoni vaqtida oilasi bilan Moskvaga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring