Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qay hollarda YPX xodimi haydovchining transportdan tushishini talab qilishga haqli?

Qay hollarda YPX xodimi haydovchining transportdan tushishini talab qilishga haqli?

Foto: «Vesti.UZ»

Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VMQ-975, 01.12.2018-y.) tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

YPX xodimi quyidagi hollardagina haydovchi va yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:

  • transportdagi texnik nosozlik va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish uchun;
  • haydovchi transportni mast holda boshqarayotganida;
  • transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlari bilan yozilgan raqamlar o‘rtasida farq aniqlanganda;
  • transport yoki yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
  • haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganda;
  • haydovchining kabinada bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lganida.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring