Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda 6 nafar hokim o‘rinbosari tayinlandi

Qashqadaryoda 6 nafar hokim o‘rinbosari tayinlandi

Qashqadaryo viloyatining oltita tumanida hokimning yangi o‘rinbosarlari ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Usmonov Ulug‘bek Mamarasulovich – Dehqonobod tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bungacha Dehqonobod tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri bo‘lgan.

Xudayqulov Laziz Eshquvatovich – G‘uzor tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bungacha Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lgan.

Nazarov Hamza Quvvatovich – Koson tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi sohasida moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Salimov Ilhom Shodmonovich – Koson tumani hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bungacha Koson tumani budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Bokulov Javlon Alisherovich – Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bungacha «Neftegazmineral» MChJ boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.

Abdurahmonova Feruzabonu Abdurahmon qizi – Shahrisabz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bugungacha viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mutaxassisi vazifasida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring