Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qanday hollarda xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko‘ra berilishi kerak?

Qanday hollarda xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko‘ra berilishi kerak?

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida bildirilishicha, quyidagi xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:

  • o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
  • I va II guruh nogironlariga;
  • 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
  • o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;
  • ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga;
  • jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring