Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiylar oilasidan xabar olindi

Qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiylar oilasidan xabar olindi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining bir guruh mas’ul ofitserlari 2005-yilda ekstemistik guruhlar tomonidan Andijonda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida halok bo‘lgan kapitan Bahrom Jo‘rayevning oilasidan xabar oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida Bahrom Jo‘rayevning kursantlik davridagi shijoati, mardligi yodga olindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bahrom Jo‘rayev 1979-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000-yilda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ofitser sifatida xizmat qila boshlagan. Sharqiy harbiy okrug shtabi bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajargan. Ekstremistik guruhlar tomonidan Andijonda sodir etilgan jinoiy harakatlarni bartaraf etish chog‘ida kapitan Bahrom Jo‘rayev mardlik va jasurlik namunalarini ko‘rsatib, Vatan tinchligi yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan. O‘zbekiston Prezidentining 2005-yil 23-maydagi farmoniga muvofiq kapitan Bahrom Jo‘rayev vafotidan so‘ng II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlangan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari ham xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan mayor Bahrom Ergashev hamda serjant Ulug‘bek Barnoyevning oilalari bilan uchrashdi. Ularni Yangi yil bayrami bilan qutlab, yurtning mard farzandlarini yodga olishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ulug‘bek Barnoyev 2000-yilda Sariosiyo va Uzun tumanlarida terrorchilarga qarshi kurashda halok bo‘lgan. Mayor Barhom Ergashev esa 2016-yilda vertolyotni sinovdan o‘tkazish vaqtida ro‘y bergan halokat oqibatida hayotdan ko‘z yumgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring