Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pxyonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Pxyonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Foto: www.the-uff.com

Ertaga Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanadi.

Ushbu o‘yinlarda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Pxyonchxandagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi hamda delegatsiyamiz a’zolari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda Pxyonchxan Olimpiya shaharchasi meri, stol tennisi bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min Umid Ahmadjonovga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida Umid Mahamadjonovich ham Olimpiya shaharchasi meriga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan sovg‘alar ulashdi.

Eslatib o‘tamiz, XXIII Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi ertaga, 9 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 16:00) da boshlanadi. Unda tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Komil To‘xtayev delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring