Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«PSJ» Messi o‘rniga mashhur o‘rinbosar topdi

«PSJ» Messi o‘rniga mashhur o‘rinbosar topdi

Fransiyaning «PSJ» klubi yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini qidirmoqda.

Sports Zone xabariga ko‘ra, Parij klubi «Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolamoqchi.

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi allaqachon hujumchi bilan gaplashib, unga transferni amalga oshirish istagini bildirgan.

Saloh faoliyatini AQShda davom ettiradigan argentinalik Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida baholanmoqda. Kelishuvga erishish juda qiyin deya baholanmoqda. 

Saloh o‘tgan mavsumda «Liverpul» safida APLda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi.

Mavsum yakunida mersisaydliklar APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring