Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Prezident sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 18-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Bunday tadbir mamlakatimiz tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda sohani yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tibbiyot xodimlarining takliflari eshitiladi.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Ular tahlil qilinib, «Inson qadri uchun» degan ezgu g‘oya asosida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Uchrashuvda sohaning barcha bo‘g‘inlaridan 10 ming nafardan ziyod xodim ishtirok etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring