Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Shavkat Mirziyoyev O‘zMUni tanqid qildi va kelgusi vazifalarni belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zMUni tanqid qildi va kelgusi vazifalarni belgilab berdi

Foto: «Uz24.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetiga oid qaror imzoladi.

Qarorda dastlab O‘zMU faoliyati jiddiy tanqid ostiga olingan, jumladan 10 ta yirik, tizimli kamchiliklar sanab o‘tilgan.

O‘z navbatida kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab vazifalar ham belgilangan.

– Quyidagilar tashkil qilinadi:

– 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab – muhandislik matematikasi, kompyuter fanlari va texnologik menejment yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston – Isroil fakulteti;

– 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab va keyingi yillarda – «Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar», «Biofizika va muhandislik tadqiqotlari», «Fundamental tibbiyot va biokimyo» fakultetlari.

– S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey «tabiiy va aniq fanlar»ga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi etib qayta tashkil etiladi;

– 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab esa akademik litsey S.Sirojiddinov nomidagi respublika gimnaziyasiga aylantiriladi va uning bitiruvchilari O‘zMUning tegishli fakultetlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.

Faqat O‘zMU emas, balki barchaga taalluqli yana bir jihat:

– ta’lim va ilm-fan sohasidagi barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlarning oylik ish haqiga 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab budjet mablag‘lari hisobiga – fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo‘lgan xodimlarga 30 foizgacha, fan doktori (Doctor of Science) darajasiga ega bo‘lgan xodimlarga 60 foizgacha qo‘shimcha haq to‘lash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring