Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident majburiy mehnatga oid yangi farmonni imzoladi

Prezident majburiy mehnatga oid yangi farmonni imzoladi

Bugun, 30-iyul — Odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan prezident «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga binoan Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil etildi. Senat raisi bu komissiyaga rahbarlik qiladi.

Milliy komissiya vazifalari:

  • davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish hamkorlik qilish;
  • milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish;
  • odam savdosiga hamda majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish;
  • odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish;
  • sohadagi jinoyatlarni aniqlash, taftish qilish, oldini olish va ularga chek qo‘yish amaliyotini o‘rganish.

Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.

Bundan tashqari, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi. Uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring