Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident jamoat xavfsizligiga oid yangi farmonni imzoladi

Prezident jamoat xavfsizligiga oid yangi farmonni imzoladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Farmoni bilan Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya milliy xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan respublikamizda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini belgilovchi muhim hujjat sifatida namoyon bo‘ldi.

Uning asosida huquq-tartibot va boshqa mas’ul idoralarning faoliyati «Barcha sa’y-harakatlarimiz inson qadri uchun» degan ustuvor g‘oya asosida yanada kuchaytiriladi.

Bunda milliy manfaatlari sifatida:

  • jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash;
  • aholining huquqiy ongi va siyosiy-huquqiy madaniyatini, ijtimoiy faolligi, fuqarolik mas’uliyatini oshirish;
  • davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini mustahkamlash, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;
  • mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining faol va bunyodkor rolini oshirish;
  • jamiyatda millatlararo va dinlararo munosabatlarni, diniy bag‘rikenglik madaniyatini, do‘stlik, o‘zaro hamkorlik va gumanizmni har tomonlama mustahkamlash kabi ustuvor maqsadlar ko‘zlanadi.

Konsepsiya ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni inobatga olgan holda tayyorlangan hamda jamoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi 10 ta idoralarning aniq vazifalari belgilanmoqda.

Ilk marotaba, mazkur yo‘nalishda huquq-tartibot idoralar bilan bir qatorda Mahalla vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalliy hokimliklar mas’uliyati ham belgilanmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring