Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshada noxush rekord qayd etildi

Polshada noxush rekord qayd etildi

Foto: «Aljazeera.com»

Polshada bir kecha-kunduzda 903 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

«Reuters» agentligining xabar berishicha, bu ko‘rsatkich COVID-19 pandemiyasi boshlangandan beri mamlakatda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu tariqa bir kunda kasallanganlar soni bo‘yicha avvalgi rekord yangilandi. Ayniqsa, Silezskom, Malopolskom va Mazovetskomda koronavirusni yuqtirish holatlari ko‘proq qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, bir kecha-kunduzda mamlakatda 13 kishi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Lekin ularning hammasida hamroh kasalliklari bo‘lganligi aytilmoqda.

Polshada epidemiya boshlangandan buyon jami 60,3 ming kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 1938 nafari vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring