Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pekinda kovid kuchaymoqda: davlat maktablari, kinoteatrlar, savdo markazlari yopildi

Pekinda kovid kuchaymoqda: davlat maktablari, kinoteatrlar, savdo markazlari yopildi

Foto: «Gov.cn»

Xitoy poytaxti — Pekin ma’muriyati COVID-19 tarqalishi davom etayotgani bois bugun, 29 apreldan shahardagi barcha davlat maktablarini yopish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Payshanba kuni yakunlariga ko‘ra, shaharda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 51ta yangi holat aniqlangan, virusni yuqtirganlar asosan maktab o‘quvchilari va bog‘chalar tarbiyalanuvchilari. Maktablarda darslar qachon tiklanishi ma’lum qilinmagan.

«Nikkei» xabariga ko‘ra, bugun, juma kunidan Pekindagi kinoteatrlar, sport zallari, savdo markazlari ham yopilgan, koronavirus qayd etilgan kvartallarni o‘rab olish boshlangan. Pekin hokimligi aholisi bir oy uy qamog‘iga tushib qolgan Shanxayning achchiq tajribasidan xulosa qilib, butun boshli tumanlarda karantin joriy etishga shoshilmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring