Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paxtachidagi xunuk holat fosh qilindi

Paxtachidagi xunuk holat fosh qilindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Paxtachi tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda «Bo‘ston» MFYdagi xonadonda yashovchi M.A. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, 540 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 1 790 kg. paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring