Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxtachidagi issiqxonada yirik o‘g‘irlik aniqlandi — Departament

Paxtachidagi issiqxonada yirik o‘g‘irlik aniqlandi — Departament

Foto: Prokuratura departamenti.

Paxtachi tumanida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «X.Q.» MChJ rahbari R.X. korxonaning «Qirguli» mahallasidagi 1,5 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring