Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paxtachi tumani hokimligi o‘z joniga qasd qilgan fermer yigit haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Paxtachi tumani hokimligi o‘z joniga qasd qilgan fermer yigit haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Foto: «O'zLiDeP»

30-yanvar kuni qator OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan «20 yashar fermer yigit uyi molxonasida osilgan holda topildi» maqolasiga Samarqand viloyat Paxtachi tuman hokimligi munosabat bildirdi. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, Istiqbol mahallasi faollari 2019-yilning 28-yanvar kuni o‘z joniga qasd qilgan O.N.ning xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolaridan hol so‘ragan. Mahalla faollari ushbu oila tinch-totuv yashagani, uyda hech qanday janjal bo‘lmagani, ro‘zg‘orda iqtisodiy yetishmovchilik mavjud emasligini ta’kidlagan. Ular ixtiyorida 26 sotix yer maydoni bo‘lib, shundan 8 sotixida issiqxona barpo etilgan. Oila uchun daromad yetarli bo‘lgan. Marhum fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan va hech bir fermer xo‘jaligida ham ishlamagan. U onasi  va akasi bilan Navoiy shahridagi mebel do‘konida yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring