O‘zMTRK saharlik va iftorlik vaqtida yangi ko‘rsatuvni efirga uzatadi
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali Ramazon oyi munosabati bilan «Qur’oni karim ma’rifati» nomli yangi ko‘rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
«O‘tib borayotgan har kunimiz, har soatimiz, har daqiqayu, har soniyamiz sizu bizni rahmat va mag‘firat, Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy – Ramazoni sharif sari yaqinlashtirmoqda. Ushbu oy munosabati bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali Diniy idora bilan hamkorlikda «Qur’oni karim ma’rifati» nomli yangi ko‘rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu ko‘rsatuvni tasvirga olish jarayonlari jadal davom etmoqda», deyiladi xabarda.
Ushbu ko‘rsatuv bir oy davomida, har kun – saharlik va iftorlik paytida efirga uzatilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter