Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» xodimlari malakasini oshirish uchun nimalar qilinmoqda?

«O‘zmilliybank» xodimlari malakasini oshirish uchun nimalar qilinmoqda?

Joriy yilning 13 fevral sanasida, Bank-moliya Akademiyasi binosida, «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» Aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Gazprombank» (Aksiyadorlik jamiyati) bilan hamkorlikda, bank-moliya sohasi xodimlari malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar e’tiboriga, APIBANK platformasini rivojlantirish bo‘yicha direktor Oleg Chanchikov tomonidan «Istiqbolli moliyaviy texnologiyalar» mavzusida taqdimot havola etdi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsadi, banklarning tashqi moliya-texnika yechimlari bilan o‘zaro faoliyati, shuningdek, «Open banking» – yangi avlod bankining ishlash mexanizmi va konsepsiyasi bilan tanishishdan iborat.

Seminar-trening ikki qismda tashkil etildi. Anjumanning ma’ruza qismi, «Ochiq banking va API nima?» «Ochiq bankingni rivojlantirish talablari qanday?» degan savol bilan boshlandi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, APIBANK – korxonalarga o‘z bank servisini bank litsenziyasisiz tashkil etish imkonini beruvchi platforma hisoblanadi. Moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar Open API texnologiyasi yordamida korxona servisiga joylashtiriladi. APIBANK mahsulot va xizmatlari – bu virtual banklar, billing tizimi va to‘lovlarni avtomatlashtirish xizmatlarini yaratish.

APIBANK platformasi banklarga, mavjud xatarlar va ortiqcha xarajatlarsiz ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan ishlashi mijozlardan daromad olish imkoni beradi.

Shuningdek, seminarning ma’ruza qismida, PSD2, Open Banking UK misolida ochiq API va ochiq banking boshqaruvi, ochiq API va ochiq banking yordamida qanday qilib daromad topish mumkin, ochiq API ga asoslangan bizneslar qanday muammolarni hal qilishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

— «O‘zmilliybank» AJ ning hamkori sifatida aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji katta ahamiyatga ega, ayniqsa, bizning biznesimiz uchun. Sababi O‘zbekiston bozori katta va jadal rivojlanib bormoqda. Biroq, bizning biznesimiz «ochiq banking» sohalar uchun yangilik ekanini bilamiz. Shu sababli, mazkur mavzu yuzasidan ko‘nikma berishni amalga oshirish, umuman olganda banklarga mazkur soha nima uchun kerakligini tushintirish lozim, deya ta’kidladi biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Oleg Chanchikov. — Bugungi seminardan ko‘zlangan maqsad esa avvalambor, ochiq banking nima ekanligi haqida auditoriyaga umumiy tushuncha berish, biznesga ochiq banking tizimini qanday tadbiq etish mumkinligi haqida, mazkur tizim dunyo bozorlarida jumladan, MDH da qay tarzda ishlashi haqida ma’lumot berishdan iborat.

Master-klass tarzida o‘tkazilgan seminarning ikkinchi qismida, ochiq API va ochiq bankingsiz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar aniq misollar asosida ko‘rib chiqildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Seminar-trening qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tdi.

«O‘zmilliybank» AJ
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring