Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zmilliybank Sirdaryo bo‘limida har bir mijozga alohida e’tibor beriladi

O‘zmilliybank Sirdaryo bo‘limida har bir mijozga alohida e’tibor beriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zmilliybank Sirdaryo viloyati bo‘limi Guliston shahrida joylashgan bo‘lib, 1993 yilning avgust oyida tashkil topgan. Shu tariqa chekka tumanlardagi mijozlarga tegishli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bo‘limda jami 455 milliard so‘mdan iborat kredit portfeli o‘rganilganda, unda kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tortib, viloyatning katta ishlab chiqarish loyihalariga ajratilgan mablag‘largacha borligini ko‘rish mumkin. Bank bo‘limi xorijiy kredit liniyalar resurslarini jalb qilgan holda yirik miqdorda kreditlar ajratib, viloyat sanoatini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Hozirgi kunda bo‘limda bank xizmatlarining ommabopligini oshirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida barcha qulayliklar amalga oshirilgan. Bank binosida jismoniy va yuridik shaxslar operatsion zallari tashkil qilingan. Faoliyatning barcha jarayonlarida mijozga bo‘lgan e’tibor alohida o‘rin tutadi.

Hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda yangi informatsion texnologiyalar asosida bank mijozlariga masofadan elektron xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring