Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmetkombinat» boshqaruvi raisi 42 yoshida vafot etdi

«O‘zmetkombinat» boshqaruvi raisi 42 yoshida vafot etdi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

«O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Sergey Anatolevich 1978 yilda Qozog‘istonning Pavlodar shahrida tug‘ilgan. Yevroosiyo Innovatsion universitetini tamomlagan. Butun umrini metallurgiya sanoatiga bag‘ishladi.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda «Qozog‘iston alyumin» aksiyadorlik jamiyatida quvurlar montajchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik yirik metallurgiya korxonalarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

«S. Anatolevich metallurglarning farovonligi va turmush darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratar edi. Sergey Anatolevich Vyunenko Toshkent viloyati aholisi qalbida malakali va tajribali rahbar sifatida abadiy qoladi», deyiladi xabarda.

«Xabar.uz»dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Sergey Vyunenko koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring