Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bugun beqaror ob-havo saqlanib turadi, O‘zbekistonning ko‘p qismida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliqni, eng janubda 17-20 daraja iliqqacha, respublikaning shimolida 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida asosan kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat foni o‘zgarmaydi.

Haftaning o‘rtasida Qozog‘iston hududlaridan yana nam havo massalari o‘tadi va u O‘zbekistonning shimoliy qismiga kiradi.

Chorshanba kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, payshanba kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Termometr ustuni kunduz kunlari 15-17 daraja iliqqacha, janubda 20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, havo harorati fevral oyiga qaraganda mart oyining oxiri va aprel oyining boshiga ko‘proq xosdir. Kunduz kuni havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 22 daraja iliqqacha isiydi.

Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring