Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» yangi hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» yangi hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati yangi hafta uchun ma’lumotni taqdim etdi.

Bugun respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 25-28° atrofida bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, asosan, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, 1-2 iyun kunlari kechalari 15-18°, kunduz kunlari 31-34° atrofida, janubda va cho‘l hududlarida 35-37° gacha bo‘ladi. 3 iyun juma kuni harorat foni 2-3° ga pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring