«O‘zgidromet» bayram kunlari uchun yaxshi xabarni e’lon qildi
Bayram kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha viloyatlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi.
Keyingi haftaning boshiga kelib, havo harorati kechalari 9-14 daraja, kunduz kunlari 25-30 daraja, respublikaning cho‘l hududlarida va janubda ba’zi joylarda 32-35 darajagacha ko‘tariladi. Faqat shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham iliq va quruq ob-havo bo‘ladi. Tog‘larda harorat kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 darajagacha ko‘tariladi.
Shunday qilib, tabiatda dam olishni yaxshi ko‘radiganlar qulay ob-havodan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti kunlari o‘zbekistonliklarga ketma-ket 4 kun dam olish berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter