Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz»: Buxoroda 2000 metr chuqurlikda yangi gaz zaxirasi aniqlandi

«O‘zbekneftgaz»: Buxoroda 2000 metr chuqurlikda yangi gaz zaxirasi aniqlandi

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qudukda olib borilgan burg‘ulash ishlari natijasida 2054-2105 metr chuqurlikda tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi.

2020 yilga mo‘ljallangan «O‘zbekneftgaz» AJ bo‘yicha uglevodorod va xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturi doirasida Shorqum konida burg‘ulash ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan Shorqum koni Andakli, Parsankul va G‘arbiy Xodja gaz kondensat konlari yaqinida joylashgan.

Shorqum konining 2-sonli izlov qudug‘ida burg‘ulash ishlari yura qatlamining neft va gaz istiqbolligini o‘rganish maqsadida o‘tgan yilning noyabrida boshlangan edi.

Quduqni 2054-2105 metr oralig‘ida (XV-1, XV-2 katlamlar) burg‘ulash jarayonida sinab ko‘rilganda sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu olingan tabiiy gazning kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda. Loyihaga ko‘ra, quduqni 2850 metr chuqurlikgacha burg‘ulash va quyi yura qatlamlarning neftgazga mahsuldorligini aniqlash nazarda tutilgan.

Ayni paytda quduqda terrigen yura yotqiziqlarini o‘rganish uchun 2850 metrgacha burg‘ulash ishlari davom ettirilmoqda.


«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring