Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi

O‘zbekistonning 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi

Foto: «youtube.com»

«O‘zbekistonning 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4563-son, 09.01.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan O‘zbekistonning 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish;
  • 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratish.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar «2020-yil uchun O‘zbekistonning Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi.

Shuningdek, qiymati 50 mln AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini budjet mablag‘lari hamda moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llaniladi:

  • loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi;
  • Urbanizatsiya agentligining loyihani so‘ralayotgan yer uchastkasida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi;
  • loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring