Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga qurol va o‘q-dori olib kirayotganlar qo‘lga olindi

O‘zbekistonga qurol va o‘q-dori olib kirayotganlar qo‘lga olindi

Foto: Bojxona qo‘mitasi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro Ye.A. boshqaruvidagi «TOYOTA LAND CRUISER» rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha, 2 dona pnevmatik to‘pponcha uchun gaz balon hamda 310 dona pnevmatik o‘qlar borligi aniqlandi, deya xabar bergan Bojxona qo‘mitasi. 

Yana bir holatda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «S.Najimov» chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro A.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasidagi chang yutgich ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha hamda 243 dona pnevmatik to‘pponcha uchun mo‘ljallangan o‘qlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi «Farg‘ona aeroporti» chegara bojxona postida xorijdan uchib kelgan fuqaro D.J.ga tegishli yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, yuklar orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2 dona 12 kalibrli ov qurollari borligi aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring