Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning katta qismi chegara postlari orqali piyoda o‘tishgan

O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning katta qismi chegara postlari orqali piyoda o‘tishgan

Statistika agentligi 2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, hisobot davrida jami 2,6 mln nafar sayyoh mamlakatga turistik maqsadlarda kelgan.

Shundan 81,5 foizi, ya’ni 2,1 mln nafari esa chegara postlari orqali O‘zbekistonga piyoda o‘tib kelishgan. Ularning asosiy qismini qarindoshlarini yo‘qlab kelganlar tashkil qiladi.

Shuningdek, 428,4 ming kishi havo transportida, 32,8 ming kishi temir yo‘l orqali, 18,4 ming kishi esa avtomobil transporti orqali O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda O‘zbekistonga jami 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan bo‘lib, sayyohlarning katta ulushi qo‘shni – Qozog‘iston (1 mln 551,1 ming), Tojikiston (1 mln 447,8 ming) va Qirg‘iziston (1 mln 356,9 ming) davlatlari fuqarolari hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring