Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Javlon Toshxo‘jayev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Javlon Toshxo‘jayev vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, ustoz san’atkor, rejissyor Javlon Toshxo‘jayev 76 yoshida vafot etdi.

Javlon Hamidovich Toshxo‘jayev 1943-yilning 11-dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1953-yili — 10 yoshligidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalar tahririyatida havaskor diktor, 1960 — 1974-yillarda oliy toifadagi teleradiorejissyor lavozimlarida ishlagan. Radio fonotekasi «Oltin fond»ida 200 dan ziyod asarlari mavjud. «Tabassum» radiojurnali, «Dugonajonlar», «Yoshlik radiostansiyasi», «Alanga» radiojurnallari asoschisi.

Javlon Toshxo‘jayev 1974-yilda Madaniyat vazirligining buyrug‘iga ko‘ra, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga yuborilgan. 4 yil Qo‘qon shahar teatrida rejissyor, 32 yil mobaynida Andijon viloyati madaniyat boshqarmasida mas’ul lavozimlarda, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati musiqali drama teatrida teatr direktori va bosh rejissyori lavozimlarida ishlagan.

Javlon Toshxo‘jayev mehnat faoliyati davrida «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Janoza nomozi bugun, 10-iyun kuni peshinda «Minor» qabristoni oldidagi oq masjidda o‘qiladi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring