Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Tourism challenge» tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda «Tourism challenge» tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Prezidentining  qarori asosida tasdiqlangan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Tourism challenge» (Turizm chorlovi) tanlovi  tashkil etiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

1.Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar (ta’lim muassasasi nomidan) tanlovning www.tourchallenge.uz veb sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar;

2.Sayohatga borgan hududga borgach, tanlovning mas’ul vakilidan tegishli atributni (ta’lim muassasasining raqami yoki nomi yozilgan bayroq) oladilar va tanlov uchun maxsus tayyorlagan xaritaga joylashtiradilar;

 3. Shundan so‘ng, xarita yonida va turizm ob’yektlarida o‘z jamoasi bilan suratga tushib, ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarorqali chorlov yo‘llaydilar va o‘z sayohatlarini keng yoritadilar;

Ishtirokchilarning sayohatlari hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:

- sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga - yanvar, fevral, mart ustunlik beriladi);
- sayohatlarning umumiy masofasi;
- sayohatlar marshrutlarining yangiligi va o‘ziga hosligi (kreativligi);
- sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);
- sayohatlar soni;
- sayohatchilar soni;
- sayohatlarning OAVda yoritilganligi (soni va OAV turi);
- sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko‘rganligi).
- sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.

Tanlov g‘oliblari 2018-2019 o‘quv yilining so‘ngida oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari bo‘yicha alohida aniqlanadi va e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o‘rinlar: Qo‘shni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);

2-o‘rinlar: Qo‘shni bitta mamlakatga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona);

3-o‘rinlar: O‘zbekistonning 3 ta shahriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona) bilan taqdirlanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring