Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi ochildi

O‘zbekistonda Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi ochildi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi axborot xizmati

Bugun, 18 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Milliy umumta’lim elektron kutubxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda LG CNS kompaniyasi, Janubiy Koreyaning eksport-import banki, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisixonasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutasaddilari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi Axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etadilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona»si (UZNEL) loyihasi Janubiy Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan birgalikda amalga oshirildi.

«Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasining 1-bosqichida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va 20 ta viloyat kutubxonalarini o‘zaro bog‘lab yagona ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish ko‘zlangan bo‘lsa, kelajakda O‘zbekiston hududida joylashgan 200 ta kutubxonani qamrab olishi rejalashtirilmoqda.

Janubiy Koreyaning eksport-import banki raisi Ing Son So tadbir ishtirokchilarini Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi ochilishi bilan qutladi hamda  uning mohiyati va maqsadi bilan tanishtirdi.

«Loyihaning asosiy maqsadi jamoatchilikda elektron axborot resurslaridan foydalanishni oshirish, axborot-kutubxona muassasalarini yagona elektron kutubxona tizimiga ulash bilan birga, aholi bilim saviyasi va sifatini oshirishdan iborat. Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi elektron kutubxona, raqamlashtirish va skanerlash markazi hamda multimedia markazidan iborat. Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi O‘zbekistonda nafaqat axborot-kutubxona sohasi, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishida ham o‘z xissasini qo‘shishiga ishonamiz»,-dedi Ing Son So.

Milliy kutubxona direktori U.Teshabayevaning ta’kidlashicha, bu loyiha nafaqat O‘zbekiston Milliy kutubxonasi loyihasi, balki 20 yirik axborot-kutubxona muassasalarini birlashtirgan, respublika miqyosida ilk joriy etilgan elektron kutubxonadir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring