Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ilk bor triatlon bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi (foto)

O‘zbekistonda ilk bor triatlon bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi (foto)

Foto: O‘zbekiston triatlon federatsiyasi

Bugun 5-may kuni O‘zbekiston triatlon federatsiyasi  «I love supersport» (Toshkent) Xalqaro sport maktabi bilan hamkorlikda va  «Coca Cola» homiyligida «Triatlon Sprint» – O‘zbekistonda birinchi bor havaskorlar o‘rtasida triatlon bo‘yicha musobaqalar tashkil etdi. Ishtirokchilar suzish (750 m), velomusobaqa (20 km) va yugurishni (5 km) o‘z ichiga olgan masofalarni yengib o‘tdilar.

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari o‘rinbosari Farruh Nosirovning aytishicha, triatlonchi bo‘lish uchun havaskor sportchilar aniq maqsadga intilish, intizom, sabr-toqat va chidamlilik kabi xususiyatlarga orqali munosib turmush tarziga ega bo‘lishlari kerak. Ushbu sportga ommaviy qiziqish va qatnash xalq salomatligini kafolatlaydi. Umuman olganda, ommaviy sportni rivojlantirish mamlakatlar strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi, chunki ommaviy sport turlari bevosita va bilvosita davlatning ko‘plab sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: aholi salomatligi, ish samaradorligi, sayyohlik, investitsiya muhiti va boshqalar.

Foto:«Xabar.uz»

Jahon triatlon korporatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan  «Ironman» deb nomlangan dunyoga mashhur triatlon musobaqasi mavjud.  «Ironman» seriyasining har bir alohida musobaqasi uch bosqichdan iborat bo‘lib, u quyidagi tartibda tanafuslarsiz amalga oshiriladi: 3.9 km suzish, velosipedda 180.25 km bosib o‘tish va 42.2 km masofali marafon yugurish.  «Ironman» triatloni dunyodagi eng qiyin bir kunlik musobaqalardan biri hisoblanadi.

Foto: O‘zbekiston triatlon federatsiyasi

«Ironman» musobaqasi dunyodagi zamonaviy triatlonning rivojlanish asosini tashkil etgani keng e’tirof etiladi. Bugungi kunda triatlon va jumladan, «Ironman» seriyasining poygasi murakkablik va ommaviy xarakterga ega ekanligi sababli davriy sport turlari orasida «Formula-1» deb ataladi.

Musobaqaning  Half Ironman» («temir masofasining yarmi») deb nomlanuvchi yana bir qisqa versiyasi - Ironman70.3 seriyasi ham mavjud. Bu tur «Ironman» masofasining yarmini tashkil etadi: 1,2 milya (1,9 km) suzish, 56 milya (90 km) velosipedda harakatlanish va 13,1 milya (21,1 km) yugurish.

Foto: O‘zbekiston triatlon federatsiyasi

MDH davlatlari orasida «Ironman» seriyasidagi yagona musobaqa Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda har yili bo‘lib o‘tadigan «Ironman 70.3 Astana» hisoblanadi. O‘tgan yili ushbu musobaqada dunyoning 47 mamlakatidan 1300 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqa havaskor sportchilarni  «Ironman 70.3 Astana» musobaqasiga tayyorlash doirasida ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya kabi davlatlardan vakillar qatnashdi.

2019-yil 14-iyulda «Ironman» 70.3 Astana musobaqasida O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasining ko‘magi bilan O‘zbekistondan 20 ga yaqin havaskor sportchilar ishtirok etishni rejalashtirmoqda. 

Foto: O‘zbekiston triatlon federatsiyasi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring