Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston harbiylaridan o‘ziga xos bayramona aksiya (fotoreportaj)

O‘zbekiston harbiylaridan o‘ziga xos bayramona aksiya (fotoreportaj)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoalari bilan birgalikda poytaxtimizdagi bir necha savdo markazlarida bo‘lib, bu yerdagi ayolarni 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o‘zgacha uslubda tabriklashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

«Samarqand darvoza» savdo majmuasi foyesidagi sho‘x kuy va qo‘shiqlar kundalik yumushlari bilan yugurib-yelib yurgan xaridorlarni birin-ketin bir joyga jamlay boshladi. Bir zumda tevarak odamlarga to‘ldi. Savdo majmuasining bolalar o‘yinlari pavilonidan bir to‘p bolalar tushib keldi.  Boshlovchining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan qutlovi yig‘ilganlarning olqishlari bilan qarshi olindi. Keyin yana qo‘shiqlar yangradi. Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!..

Tabrik va kuy-qo‘shiqlardan boshi ko‘kka yetgan ayollar va qizlarga Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari gullar taqdim qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

Xuddi shunday bayromona aksiya poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan «Mega Planet» savdo majmuasida, shuningdek, butun mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring