Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bloklangan xorijiy saytlardan «qulf» yechildi

O‘zbekistonda bloklangan xorijiy saytlardan «qulf» yechildi

Foto: «Layfxaker»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Feysbukdagi sahifasida yozishicha, YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir tomonidan e’lon qilingan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kirish imkoniyati cheklanganligi haqidagi ma’lumot o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijasida ko‘rsatilgan veb-resurslarning O‘zbekistonda to‘laqonli ishlashlariga to‘siq bo‘lgan texnik kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Bugundan e’tiboran «Voice of America», «Amerika ovozi», «BBC Uzbek», «Deutsche Welle», «Amnesty International», «Human Rights Watch», «Reporters sans frontieres», «Eurasianet.org», «AsiaTerra», «Fergana Agency», «Centre1», «Uzmetronom» kabi veb-resurslar va boshqa xorijiy veb-saytlardan to‘liq foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi.

Alohida e’tirof etish lozimki, davlatimiz rahbari doimo O‘zbekistonda so‘z va axborot erkinligi zarurligini ta’kidlaydilar. Shunga ko‘ra, Agentlik jurnalistlar mavqeini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, davlat organlari shaffofligini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida faoliyatini davom ettiradi.

Shu bilan birga, biz xorij ommaviy axborot vositalari, umuman jurnalistlar jamoasini jurnalist etikasi tamoyillariga rioya etishlari, tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlardan foydalanmaslikni, shuningdek, asoslanmagan mish-mish va gumonlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz, deb yozadi Komil Allamjonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring